Azcity Group

Azcity Group Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from Azcity Group, Travel Agency, Gyeongsan.

Toshkent aeroportining uchib kelish zalida mobil qurilmalarning IMEI kodlarini rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazish shoxobchasi i...
11/05/2024

Toshkent aeroportining uchib kelish zalida mobil qurilmalarning IMEI kodlarini rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazish shoxobchasi ish boshladi.

Mazkur shoxobchada uchib kelgan barcha yo‘lovchilar bir necha daqiqa ichida import qilingan (yangi yoki O‘zbekistondan tashqarida foydalanilgan) mobil qurilmalarning IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazishlari mumkin. IMEI kodini ro‘yxatdan o‘tkazish narxi rezidentlar uchun 30 kalendar kun ichida, norezidentlar uchun esa 60 kalendar kun ichida 68 000 so‘mni (BXMning 20%) tashkil etadi.

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, mobil qurilma IMEI kodini ro‘yxatdan o‘tkazish mahalliy uyali aloqa operatorlarining SIM-kartalari ulangan kundan boshlab 30 kalendar kun (norezidentlar uchun 60 kalendar kun) ichida amalga oshirilishi kerak. Aks holda, qurilmaning IMEI kodini ro'yxatdan o'tkazilguniga qadar abonentga mahalliy GSM uyali aloqa operatorlari xizmatlaridan foydalanish taqiqlanadi.

©️ Uzbekistan Airports

 Koreyada noqonuniy istiqomat qilayotgan va faqat yashil pasporti bor kishini vataniga qaytish tartibi qanday bo'ladi ?✅...
02/05/2024



Koreyada noqonuniy istiqomat qilayotgan va faqat yashil pasporti bor kishini vataniga qaytish tartibi qanday bo'ladi ?

✅ Agar yashil biometrik pasportni amal qilish muddati bo'lsa shu bilan aviachipta olib uchib ketish mumkin, agar pasport muddati qolmagan bo'lsa, elchixonaga borib vatanga qaytish guvohnomasini olinadi, aviachiptani o'sha guvohnomaga bron qilinadi. Elchixonaga navbatga yozilib borish kerak bo'ladi.
navbatga yozilish: 👉 https://e-navbat.mfa.uz/texnolog/view?id=249

🆔 Vizasi muddati tugaganlar, Koreyani tark etishidan avval immigratsiyaga ariza qilishi kerak bo'ladi. Arizani uchish kunidan kamida 3 kun avval va 15 kun ichida qilinishi kerak bo'ladi va aviachiptani olgandan keyin ariza qilinadi.

📌 Viza muddati tugaganlar Koreyani tark etish arizasini qilish tartibi haqida batafsil quyida tanishing: 👉 https://t.me/azcitytravel/74

✈️ Aviachipta ni bizdan xarid qilgan mijozlarimiz uchun immigratsiyaga bepul onlayn ariza qilib berishimiz mumkin.

 23-aprel seshanba kuni bizda dam olish kuniErtaga 22-aprel kuni ishlaymiz, indinga dam olish kuni. 24-aprel kuni soat 1...
21/04/2024



23-aprel seshanba kuni bizda dam olish kuni

Ertaga 22-aprel kuni ishlaymiz, indinga dam olish kuni. 24-aprel kuni soat 10:00 dan boshlab faoliyatimizni davom ettiramiz.

hurmat bilan - Azcity Travel

 23-aprel seshanba kuni bizda dam olish kuniErtaga 22-aprel kuni ishlaymiz, indinga dam olish kuni. 24-aprel kuni soat 1...
21/04/2024



23-aprel seshanba kuni bizda dam olish kuni

Ertaga 22-aprel kuni ishlaymiz, indinga dam olish kuni. 24-aprel kuni soat 10:00 dan boshlab faoliyatimizni davom ettiramiz.

hurmat bilan -

  🇰🇷🇺🇿✈️ Inchon-Toshkent-Inchon yo'nalishida bahor-yoz oylarining reyslari jadvali✅ AsianaAirlines'ning shanba kungi rey...
14/04/2024

🇰🇷🇺🇿

✈️ Inchon-Toshkent-Inchon yo'nalishida bahor-yoz oylarining reyslari jadvali

✅ AsianaAirlines'ning shanba kungi reyslari 4-maydan boshlab uchadi.

🗓️ Reyslar har kuni bor bo'lib, narxlari borish kelish sanalariga qarab farq qilishi mumkin!
😊 Aloqaga chiqsangiz, Siz uchun qulay bo'lgan sanalarga arzon narxlarni ko'rib beramiz.

👨🏻‍💻 murojaat uchun:
📞 010-2701-7711
📩 t.me/azcitykorea

— qulay, ishonchli xizmat!

🇰🇷 Koreya Musulmonlari Federatsiyasi tomonidan 2024-yil 10-Aprel (chorshanba) sanasi Ramazon Hayiti kuni deb e'lon qilin...
09/04/2024

🇰🇷 Koreya Musulmonlari Federatsiyasi tomonidan 2024-yil 10-Aprel (chorshanba) sanasi Ramazon Hayiti kuni deb e'lon qilindi

☪️ Hayit Ayyomingiz muborak bo'lsin!

🇰🇷 Janubiy Koreyada 2024-yil Ramazon hayiti namozini o'qilishi sanasi bugun e'lon qilinadi☪️ Hijriy 1445-yil Ramazon hay...
09/04/2024

🇰🇷 Janubiy Koreyada 2024-yil Ramazon hayiti namozini o'qilishi sanasi bugun e'lon qilinadi

☪️ Hijriy 1445-yil Ramazon hayiti 10-Aprel (chorshanba) yoki 11-Aprel (payshanba) kunlaridan biriga to'g'ri kelishi kutilmoqda.

✅ Aniq sanasini bugun soat 21:00 dan keyin 'Koreya Musulmonlari Federatsiyasi'ning quyidagi rasmiy sayti orqali va Facebook sahifasi orqali e'lon qilinadi:

👉 http://www.koreaislam.org

©️ Korea Muslim Federation

 Bugun ertalab soat 07:40 da Koreyaning Gimpo shahridan Cheju shahriga parvoz qilgan Asiana Airlines aviakompaniyasiga t...
08/04/2024



Bugun ertalab soat 07:40 da Koreyaning Gimpo shahridan Cheju shahriga parvoz qilgan Asiana Airlines aviakompaniyasiga tegishli OZ8913 reysi samolyoti ichida tutun aniqlangan. Hodisa vaqtida bortda 273 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Gvangju shahri ustidan uchib o‘tayotgan samolyotning qo‘lyuklari bo‘limidagi, yo‘lovchilardan biriga tegishli bo'lgan 'powerbank'dan tutun chiqqan.

Powerbanklar, boshqa batareyalar kabi, xavfli havo yuklari sifatida tasniflanadi hamda bagaj yukiga topshirish mumkin emas va yo'lovchilar uni qo'lyukida olib yurishlari kerak bo'ladi.

Aviakompaniya xodimlari zudlik bilan tegishli choralarni ko‘rishgan va samolyot belgilangan muddatda Chejuga yetib kelgan. Biroq keyingi parvoz, samolyot xavfsizlik tekshiruvidan o‘tkazilguniga qadar taxminan 2 soatga kechiktirilgan.

Вся Корея, 연합뉴스

🇺🇿 Uzbekistan Airways Jeju Air aviakompaniyasi bilan Incheon xalqaro aeroporti (Seul) orqali quyidagi bir nechta yo'nali...
05/04/2024

🇺🇿 Uzbekistan Airways Jeju Air aviakompaniyasi bilan Incheon xalqaro aeroporti (Seul) orqali quyidagi bir nechta yo'nalishlarga tranzit sayohat qilish imkonini beruvchi interline shartnoma imzoladi:

🇰🇷 Janubiy Koreyaning Jeju, Busan, Kvanju, Suncheon shaharlariga;

Shuningdek,
🇯🇵 Yaponiyaga - Tokio, Osaka, Fukuoka, Nagoya, Okinava, Matsuyama, Sapporo, Oita, Shizuoka, Xirosima;
🇨🇳 Xitoyga - Jiamusi, Shijiazhuan, Veyxay, Xarbin, Yanzi, Yantai, Sindao, Gongkong, Makao, shuningdek 🇹🇼Tayvan poytaxti Taypey;
🇵🇭 Filippin poytaxti Manila.

©️ Uzbekistan Airways

👨🏻‍💻 Aviachipta buyurtmasi uchun:
📞 010-2701-7711
📩 t.me/azcitykorea

🌐 myurls.co/azcitytravel

 Koreya va Qozogʻiston o'rtasida aviareyslar soni oshiriladi20-21-mart kunlari Olmaota shahrida Qozog‘iston va Janubiy K...
30/03/2024



Koreya va Qozogʻiston o'rtasida aviareyslar soni oshiriladi

20-21-mart kunlari Olmaota shahrida Qozog‘iston va Janubiy Koreya vakillari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi va ikki tomonlama parvozlar sonini oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Amaldagi aviatsiya kelishuviga ko‘ra, Janubiy Koreyaning Asiana Airlines va Qozog‘istonning Air Astana aviakompaniyalari Inchon-Olmaota yo'nalishida haftasiga 1450 nafardan yo‘lovchi tashish huquqiga ega edi. Endi ular yo‘lovchilar sonida cheklovlarsiz, haftasiga jami 21 tagacha reyslarni amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.

Janubiy Koreyaning yana bir aviakompaniyasi iqtisod klassidagi T'way Air ham kelgusidagi bozor ehtiyojlariga qarab ikki davlat o'rtasida parvozlarni amalga oshirishi mumkin bo'ladi.

Вся Корея, KBS World

23/03/2024



Ertaga, 24-mart yakshanba kuni bizda dam olish kuni. Indindan faoliyatimizni davom ettiramiz.

hurmat bilan - Azcity Travel

🇰🇷 Koreya Musulmonlari Federatsiyasi tomonidan bu yilgi Fitr sadaqasi miqodiri kishi boshiga 9000 von qilib belgilandi.h...
15/03/2024

🇰🇷 Koreya Musulmonlari Federatsiyasi tomonidan bu yilgi Fitr sadaqasi miqodiri kishi boshiga 9000 von qilib belgilandi.

http://www.koreaislam.org

🇰🇷 Korea Muslim Federation tomonidan 2024-yil 12-mart seshanba sanasi Ramazon oyining 1-kuni deb e'lon qilindi.☪️ Ramazo...
10/03/2024

🇰🇷 Korea Muslim Federation tomonidan 2024-yil 12-mart seshanba sanasi Ramazon oyining 1-kuni deb e'lon qilindi.

☪️ Ramazon oyingiz muborak bo'lsin!

Ramazon oyining boshlanishiga ham oz kunlar qolmoqda🇰🇷 Janubiy Koreyada Hijriy 1445-yil Ramazon oyini boshlanishi 11-mar...
08/03/2024

Ramazon oyining boshlanishiga ham oz kunlar qolmoqda

🇰🇷 Janubiy Koreyada Hijriy 1445-yil Ramazon oyini boshlanishi 11-mart (dushanba) yoki 12-mart (seshanba) kunlariga to'g'ri kelishi kutilmoqda.

✅ Aniq sanasini 10-mart yakshanba kuni soat 21:00 dan keyin 'Koreya Musilmonlari Federatsiyasi'ning quyidagi rasmiy sayti orqali va Facebook sahifasi orqali e'lon qilinadi:

👉 http://www.koreaislam.org

Ramazon oyida Seul markaziy masjidida kunlik 5 mahal namoz, Juma namozlari va taroveh namozlari o'qilishi rejalashtirilgan. Xohlovchilar Ramazon oyining ohirgi 10 kunligida e'tikof o'tirishlari mumkin.
Shuningdek iftorlik dasturhoni ham hozirlanadi.

©️ Korea Muslim Federation

 Janubiy Koreyada qayd etilayotgan nikohlar soni qisqarishda davom etmoqdaKoreya milliy statistika boshqarmasi maʼlumotl...
04/03/2024



Janubiy Koreyada qayd etilayotgan nikohlar soni qisqarishda davom etmoqda

Koreya milliy statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilda Janubiy Koreyada 193.673 ta nikoh qayd etilgan. Bu ko'rsatkich bundan 10 yil oldingiga nisbatan 40 foizga kamdir.

Bu yil oʻtgan yilga nisbatan biroz (1%) ko'paygan bo'lsada, Koreyaliklar orasida qayd etilayotgan nikohlar soni 2012-yildan buyon muntazam kamayib bormoqda.

Koreyalik o'smir-yoshlar o'rtasida o'tkazilgan so'ngi so'rovlar natijalari shuni ko'rsatmoqdaki, kelajakda oila qurish istagida bo'lgan Koreyalik yoshlar tobora kamayib bormoqda. Koreyaliklarning oila qurmasliklarining sabablari orasida eng ko'pi iqtisodiy omil deb ko'rsatilgan.

Ta'kidlashicha, nikohlarning qisqarishi mamlakatda tug'ilishning yanada kamayishiga olib keladi.

news_korea, KBS World

 Oxirgi 10 yil ichida Janubiy Koreya ishchilarining yillik ish soati deyarli 200 soatga qisqargan고용노동부 - Bandlik va Mehn...
03/03/2024



Oxirgi 10 yil ichida Janubiy Koreya ishchilarining yillik ish soati deyarli 200 soatga qisqargan

고용노동부 - Bandlik va Mehnat Vazirligining maʼlumotlariga koʻra, 2023-yil holatiga Koreya kompaniyalari va korxonalarida ishchilarning oʻrtacha oylik ish vaqti 156,2 soatni tashkil etgan va 2022-yildagiga nisbatan oyiga 2,5 soatga kamaygan.

O'rtacha yillik ish soati, 2023-yilda 1874 soatni tashkil qilib, bundan 10 yil avval, 2013-yildagiga nisbatan yiliga 196,8 soatga, oyiga 16,4 soatga qisqargan.

Shunday bo'lsada, Janubiy Koreya Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti (OECD) ga aʼzo mamlakatlar orasida ish soatlari eng ko'p davlatlardan biri bo'lib qolmoqda. Tashkilotga a'zo davlatlarning 2022-yildagi o'rtacha yillik ko'rsatkichiga nisbatan olganda ham, Koreyadagilar yiliga 155 soat ko'proq ishlaydilar.

Shu sabablil Koreyadagi kasaba uyishmalari orasida 4 kunlik ish haftasini joriy etishga chaqiriqlar kuchayib bormoqda.

Вся Корея, kbc news

 Seulda shifokorlar norozilik namoyishi o‘tkazmoqdaBugun soat 14:00 dan boshlab poytaxt Seul shahrida Koreya tibbiyot as...
03/03/2024



Seulda shifokorlar norozilik namoyishi o‘tkazmoqda

Bugun soat 14:00 dan boshlab poytaxt Seul shahrida Koreya tibbiyot assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan namoyish bo'lib o'tmoqda. Politsiya xisobiga ko'ra unda 10 mingga yaqin kishi ishtirok etmoqda.

Namoyishchilar hukumatning tibbiyot fakulteti talabalari sonini 2000 o‘ringa oshirish rejasini bekor qilishni talab qilmoqda.

Miting ishtirokchilari shaharning asosiy magistralining 10 ta qatoridan 5 tasini egallab olgani sababli Seulning Yoido hududida jiddiy tirbandliklar yuzaga kelgan.

Вся Корея, chosun.com

 Aholisi sonining qisqarishi fonida har yili bahorda bo'ladigan Sokcho gullar festivali yopiladiKangvon provinsiyasidagi...
02/03/2024



Aholisi sonining qisqarishi fonida har yili bahorda bo'ladigan Sokcho gullar festivali yopiladi

Kangvon provinsiyasidagi Sokcho cherry blossom festivali tashkil etilganidan 15 yil o‘tib o‘z faoliyatini to‘xtatishiga, mahalliy aholining qarib borayotgani va aholi sonining kamayib ketgani uchun ishchilar yetishmasligi sabab bo'lgan.

2009-yildan buyon Sokchoning Sangdomun qishlog‘ida o‘tkaziladigan festival bahorgi sayrni sevuvchilar orasida sevimli va mashhur bo‘lishiga qaramay, festivalni tashkillashtiruvchi qishloq xotin-qizlar uyushmasi a’zolarining yoshi 70 va 80 dan oshganligi va qishloqda yoshlar kamligi sababli festivalni bekor qilishga qaror qilishdi:

"Aholining yarmidan ko'pi 65 yoshdan oshgan va afsuski, har yili 10.000 dan ortiq kishi tashrif buyuradigan festivalni endi o'tkazishning iloji yo'q."

Mahalliy hokimiyat organlari maʼlumotlariga koʻra, qishloqda jami 343 nafar aholi istiqomat qiladi va ularning 173 nafari 65 yoshdan oshgan kishilardir.

manbalar: Вся Корея, TheKoreaTimes

  🇰🇷🇺🇿✈️ Inchon-Toshkent-Inchon yo'nalishida mart-aprel oylarining reyslari jadvali✅ Ro'yxatdan o'tish jo'nash vaqtidan ...
01/03/2024

🇰🇷🇺🇿

✈️ Inchon-Toshkent-Inchon yo'nalishida mart-aprel oylarining reyslari jadvali

✅ Ro'yxatdan o'tish jo'nash vaqtidan o'rtacha 3 soat avval boshlanib, 1 soat avval to'xtatiladi.

🗓️ Reyslar har kuni bor bo'lib, narxlari borish kelish sanalariga qarab farq qilishi mumkin!
😊 Aloqaga chiqsangiz, Siz uchun qulay bo'lgan sanalarga arzon narxlarni ko'rib beramiz.

👨🏻‍💻 murojaat uchun:
📞 010-2701-7711
📩 t.me/azcitykorea

— qulay, ishonchli xizmat!

   Koreya hukumati bugun norozilik bildirib o'z ishlariga chiqmayotgan tibbiyot hodimlariga ultimatum qo‘ydi – agar ular...
26/02/2024



Koreya hukumati bugun norozilik bildirib o'z ishlariga chiqmayotgan tibbiyot hodimlariga ultimatum qo‘ydi – agar ular 29-fevralgacha o'z ishlariga qaytsalar javobgarlikka tortilmaydi. Bu haqda bugun davlat xavfsizlik vaziri I SangMin (이상민) ma'lum qilgan.

Hozirda Koreyadagi 100 ta yirik kasalxonadan 10 034 nafar, taqriban 80% tibbiyot hodimi - stajyor shifokorlar ishdan bo'shash to'g'risida ariza yozgan, biroq ularning arizalari qabul qilinmagan. Ulardan 9006 nafari, taqriban 72%i o'z ish joylarini tark etgan.

Koreyada mana yettinchi kundirki stajyor shifokorlarning aksariyati hukumatning tibbiyot fakulteti talabalari sonini koʻpaytirish siyosatiga norozilik sifatida ishga chiqmayaptilar. Shifokorlar va tibbiyot bitiruvchilari ham norozilik aksiyasiga qo'shilishi xavfi mavjud.

Mamlakat bo'ylab yirik ko'p tarmoqli shifoxonalar ishlashda qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda. Xususan, Seulning Severance va Samsung shifoxonalari odatdagi ish jadvalining faqat 45-50 foizida ishlamoqda.

Вся Корея, 서울신문

 #국민연금Koreyaning pensiya tizimi o'zgartirilishi mumkinKoreya Milliy Tadqiqot Instituti (KDI) ning ma'lum qilishicha, aga...
26/02/2024

#국민연금

Koreyaning pensiya tizimi o'zgartirilishi mumkin

Koreya Milliy Tadqiqot Instituti (KDI) ning ma'lum qilishicha, agar hozirgi pensiya tizimiga o'zgartirishlar kiritilmasa, pensiya jamg'armasi 2054-yilga kelib tugab qolishi mumkin. Buning oldini olish uchun pensiya badallarini 35 foizgacha oshirish kerak, bu esa kelajak avlodlar zimmasiga katta yuk bo'ladi.

Shu sababli institut mutaxassislari amaldagi pensiya tizimidan voz kechish zarur deb hisoblaydi va uning o'rniga yangi formatni taklif qilmoqda. Yangi tizimga ko‘ra nafaqa to'lovlari nafaqaxo'rlarning o'z shaxsiy jamg‘armalardan to‘lanadi. Amaldagi tizim esa avvalgi avlodlarni nafaqa to'lovlari keyingi avlodni sug'urta badallari xisobidan to'lashga asoslanadi.

"Pensiyalarni ikki toifaga - eski va yangi toifaga bo'lish kerak bo'ladi. Avval pensiya badallarini to'laganlar avvalgi tizim bo'yicha, keyin to'laydiganlar yangi tizim bo'yicha naqafaqa oladilar."

Institut xisob-kitoblariga ko'ra, yangi pensiya tizimida kelajak avlodning kutilayotgan nafaqalari avvalgidan past bo‘lishi mumkin bo‘lsada, mehnat bozoriga endigina kirib kelayotgan 2006-yil va undan keyin tug‘ilgan avlodlarning kutilayotgan pensiyalari barqaror bo‘lishini kafolatlash mumkin.

Вся Корея, KBS뉴스

 🗓️ Koreya Adliya Vazirligi tomonidan e'lon qilingan (불법체류 외국인 특별자진출국제도) - "Yashil yo'lak"ning tadbiq qilinish muddati 2...
18/02/2024



🗓️ Koreya Adliya Vazirligi tomonidan e'lon qilingan (불법체류 외국인 특별자진출국제도) - "Yashil yo'lak"ning tadbiq qilinish muddati 29-fevralga qadar amal qiladi

✅ Ushbu muddat davomida o'z ixtiyori bilan chiqib ketadiganlarni noqonuniy yurgan muddati uchun belgilanadigan jarimalardan ozod qilinishi va Koreyaga qayta kelish chekolovidan ozod qilinishi belgilangan.

❌ Quyidagilar bundan mustasno:
Koreyaga avval boshidan noqonuniy kirib kelganlar, qalbaki pasport (hujjatlar) dan foydalanganlar, Koreyada ularga jinoy ish ochilganlar, avvalroq Koreyadan chiqib ketish to‘g‘risidagi buyruqni bajarmaganlar.

☝️ Viza muddati tugaganlar immigratsiya bo'limiga pasport va aviachipta bilan ketish to'grisidagi ixtiyoriy arizani to'ldirganlaridan keyin, 3 kun o'tib Koreyadan chiqib ketishlari mumkin.

☝️ Arizani uchish kunidan kamida 3 kun avval va 15 kun ichida qilinishi kerak.

👨🏻‍💻 Aviachiptani bizdan xarid qilgan mijozlarimiz uchun bepul onlayn ariza qilib berishimiz mumkin.

Qaysi davlatlar o‘z hududida tug‘ilgan bolalarga fuqarolik beradi?Janubiy Koreya yoki Rossiya o'z hududida tug'ilgan bol...
15/02/2024



Qaysi davlatlar o‘z hududida tug‘ilgan bolalarga fuqarolik beradi?

Janubiy Koreya yoki Rossiya o'z hududida tug'ilgan bolalarga tug'ilgani uchungina fuqarolik bermaydi, bu davlatlarda tugilgan bolalarning ota-onasi qaysi davlat fuqarosi bo'lsa, farzandi ham o'sha davlat fuqarosi bo'ladi.

Dunyoda shunday davlatlar bor, ularning hududida xorijlik ayollar farzandli bo‘lsa, tug‘ilgan bola o‘sha mamlakatning fuqaroligini oladi. Ayrim davlatlarda bola tug‘ilganidan keyin ota-onalar ham bolasining ketidan fuqarolik olishi belgilab qo‘yilgan. Ba’zilarida esa ota-ona ham fuqarolik olishi uchun bola katta bo‘lib, bir oz vaqt o‘tishi kerak.

Demak, 2024-yilda o‘z hududida tug‘ilgan bolalarga fuqarolik beradigan davlatlar ro‘yxati bilan tanishing:

Argentina, AQSH, Kanada, Antigua va Barbuda, Beliz, Barbados, Boliviya, Braziliya, Venesuela, Gayana, Gvatemala, Grenada, Gonduras, Dominika, Meksika, Nikaragua, Panama, Pokiston, Paragvay, Peru, Sent-Kristofer va Nevis, Sent-Lyusiya, Salvador, Sent-Vinsent va Grenadin, Trinidad va Tobago, Urugvay,  Chili, Ekvador, Yamayka.

(Pokiston o‘z hududida tug‘ilgan bolalar qochqinlarning farzandi bo‘lsa, fuqarolik bermaydi.)

manba: migrant.uz

 ‼️ ✈️ Havo yo'llarida aprel oyi va undan keyingi oylardagi har shanba va yakshanba kungi reyslarining uchish vaqti o'zg...
14/02/2024



‼️ ✈️ Havo yo'llarida aprel oyi va undan keyingi oylardagi har shanba va yakshanba kungi reyslarining uchish vaqti o'zgarmoqda. Avval belgilanganidan o'rtacha 2 soat vaqtliroq uchadi.

🗓️ Aprel oyidan boshlab:

‼️ kunlari Toshkentdan Inchonga jo'nash vaqti soat 20:35 ga o'zgardi.

‼️ kunlari Inchondan Toshkentga jo'nash vaqti soat 08:15 ga o'zgardi.

Incheon 08:15 → Tashkent 11:25
Tashkent 20:35 → Incheon 06:45

☝️ O'zgarishlar faqat shanba kunlaridagi TAS-ICN va yakshanba kunlaridagi ICN-TAS reyslariga taaluqlidir.

Avvalroq mart oyidagi shanba-yakshanba kungi reyslarning uchish vaqtlari o'zgargani haqida xabar bergan edik, endi aprel oyi va undan keyingi yoz-kuz oylarda ham shanba va yakshanba kungi reyslarining uchish vaqtlari o'zgarmoqda.

👨🏻‍💻 Savollar uchun:
📞 010-2701-7711 
📩 t.me/azcitykorea

  🇰🇷🇺🇿✈️ Inchon-Toshkent-Inchon yo'nalishida fevral-mart oylarining reyslari jadvali‼️ UzAirways uchish vaqtlari aprel o...
07/02/2024

🇰🇷🇺🇿

✈️ Inchon-Toshkent-Inchon yo'nalishida fevral-mart oylarining reyslari jadvali

‼️ UzAirways uchish vaqtlari aprel oyidan boshlab yozgi jadvalga o’zgaradi.

‼️ KoreanAir'ning Toshkentga uchadigan ohirgi reysi 1-martga belgilangan.

☝ Ro'yxatdan o'tish jo'nash vaqtidan o'rtacha 3 soat avval boshlanib, 1 soat avval to'xtatiladi.

🗓️ Reyslar har kuni bor bo'lib, narxlari borish kelish sanalariga qarab farq qilishi mumkin!
😊 Aloqaga chiqsangiz, Siz uchun qulay bo'lgan sanalarga arzon narxlarni ko'rib beramiz.

👨🏻‍💻 murojaat uchun:
📞 010-2701-7711
📩 t.me/azcitykorea

— qulay, ishonchli xizmat!

 Turbulentlik - bu havo massalarining tartibsiz harakati bo‘lib, u samolyotdagi parvoz paytida «chayqalish»dek seziladi....
07/02/2024



Turbulentlik - bu havo massalarining tartibsiz harakati bo‘lib, u samolyotdagi parvoz paytida «chayqalish»dek seziladi. Havo massalari doimo harorat, bosim, tezlik va yo‘nalishni o‘zgartiradi. Shu sababli, ular «aralashib» girdob oqimlarini - turbulentlikni yuzaga keltiradi. 

Turbli portali tomonidan 2024-yil yanvaridagi o‘rtacha turbulentlik haqidagi ma’lumotlarga asoslanib eng turbulent davlatlar ro'yxati tuzildi.

Ro'yxatda turbulentlik eng og‘ir bo‘lgan davlatlar: Butan, Gvineya-Bisau, Senegal, Kabo-Verde, Nepal, Gabon, Gvineya, Kongo, Kamerun va Siyerra-Leone. Ushbu davlatlar osmonida parvoz qilish uchuvchilar va yo‘lovchilar uchun oson emas. 

Eng kam turbulentlikka ega hudud va davlatlar: Antarktida, Shpisbergen, Rossiya, Grenlandiya, Kanada, Finlyandiya, Shvesiya, Norvegiya, Estoniya, Latviya va Daniya.

Markaziy Osiyo davlatlari reytingi quyidagicha: Qirg‘iziston 75-o‘rin, Tojikiston 89-o‘rin, Turkmaniston 151-o‘rin, O‘zbekiston 155-o‘rin, Qozog‘iston 161-o‘rin. 

Kun.uz

 Koreya hukumati kelasi yilgi kirish imtihonlaridan boshlab tibbiyot oliy o‘quv yurtlariga qabul o'rinlarini 2000 nafarg...
07/02/2024



Koreya hukumati kelasi yilgi kirish imtihonlaridan boshlab tibbiyot oliy o‘quv yurtlariga qabul o'rinlarini 2000 nafarga oshiradi

Asosan chekka hududlardagi shifokorlarning yetishmovchiligini bartaraf etish maqsadida 2025-yildan boshlab tibbiyot oliy o‘quv yurtlariga 5058 nafar talaba qabul qilinadi.

Tibbiyot oliygohlariga kirish o'rinlari 1998-yildan buyon 27 yil o'tib birinchi marta yana oshirilmoqda.

Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti - OECD ma'lumotlariga ko'ra, ayni paytda Janubiy Koreyada har 1000 kishiga 2,6 shifokor to'g'ri keladi, tashkilotga a'zo davlatlar orasida bu ko'rsatkich faqat Meksikada (2,5) Koreyadan kamroq halos. OECD o'rtacha ko'rsatkichi esa 3,7 ni tashkil qiladi.

2020-yil holatiga ko‘ra, Koreya tibbiyot oliygohlarini bitiruvchilarning aholiga nisbati har 100 000 kishiga 7,2 ta to'g'ri kelgan. OECD mamlakatlari bo‘yicha esa 13,6 tani tashkil qiladi.

Koreya sog‘liqni saqlash va ijtimoiy masalalar instituti 2035-yilga borib Koreyada shifokorlar yetishmovchiligi soni 10 mingga yetishi va hozirgi yetishmayotgan 5000 bilan birgalikda qo'shimcha yana 15 ming shifokor kerak bo'lishini ma'lum qilgan.

Koreya Sog‘liqni Saqlash vazirligi mamlakatni 2035-yilgacha qo‘shimcha 15 ming nafar shifokor bilan ta’minlash zarurligini ta’kidlagan. Vazirlik 2022-yildan buyon tibbiyot oliygohlari o'rinlarini oshirishga harakat qilib kelmoqda.

Kvotalarni oshirilishiga doimo qarshi bo'lgan ushbu sohadagi kasaba uyishmalari vakillari, hususan Koreya tibbiyot assotsiatsiyasi (대한전공의협의회) norozilik sifatida allaqachon ommaviy ish tashlashlar boshlashi haqida ogohlantirgan.

Hukumat esa agar vaziyat jiddiy tus oladigan bo'lsa hukumatning zudlik bilan ishga qaytish haqida bo'ladigan buyuruqlarini bajarmagan ish tashlovchilarga nisbatan qat'iy intizomiy jazo choralari ko'rilishini bildirgan.

연합뉴스,  Вся Корея

 Koreya Sog‘liqni saqlash va farovonlik vazirligiga ko'ra, shu oydan boshlab 지역가입자 - o‘z yashash hududi bo'yicha sug'urt...
03/02/2024



Koreya Sog‘liqni saqlash va farovonlik vazirligiga ko'ra, shu oydan boshlab 지역가입자 - o‘z yashash hududi bo'yicha sug'urta to'lovchilar uchun davlat tibbiy sug‘urtasi to‘lovlari taxminan 25 000 vonga kamaytiriladi.

Koreyada davlat tibbiy sug'urtasi ikki xil usulda: kompaniya yoki korxonalar ishchilari ish joyida (직장가입자 - daromadga qarab) va ishchi bo'lmaganlar o'z yashash hududida (지역가입자) to'lashadi.

지역가입자 - yashash hududi bo'yicha sug'urta to'lovchilar uchun sug'urta badallari daromadga qo'shimcha ko'chmas mulk (jumladan uy-joy uchun oylik ijara) va shaxsiy avtomobillarni inobatgaga olgan holda hisoblab chiqilgan. Shu oydan boshlab endi ushbu qo'shimcha mezonlar hisobmaydi va shuning uchun yashash hududi bo'yicha davlat tibbiy sug'urtasini to'lovchilari endi avvalgidan biroz kamroq to'laydilar.

연합뉴스, Вся Корея

 ‼️ ✈️ Havo yo'llarida mart oyidagi har shanba va yakshanba kungi reyslarining uchish vaqti o'zgarmoqda. ‼️ Toshkent-Inc...
01/02/2024



‼️ ✈️ Havo yo'llarida mart oyidagi har shanba va yakshanba kungi reyslarining uchish vaqti o'zgarmoqda.

‼️ Toshkent-Inchon har shanba jo'nash vaqti 23:20 dan 21:05 ga o'zgaradi.
‼️ Inchon-Toshkent har yakshanba jo'nash vaqti 11:05 dan 08:45 ga o'zgaradi.

✈️ mart oyidan boshlab
🗓️ faqat yakshanba kungi reyslar vaqti:
Incheon 08:45 → Tashkent 11:55
🗓️ faqat shanba kungi reyslar vaqti:
Tashkent 21:05 → Incheon 07:15 (+1kun)

✅ Haftaning boshqa kunlaridagi barcha reyslar avvalgi o'z vaqtida uchadi.

👨🏻‍💻 Savollar uchun:
📩 t.me/azcitykorea
📞 010-2701-7711

Toshkent aeroportida mehmonxona ochildiJo‘nab ketish terminalining kutish zalida joylashgan mehmonxonada ikkita qavatda ...
31/01/2024

Toshkent aeroportida mehmonxona ochildi

Jo‘nab ketish terminalining kutish zalida joylashgan mehmonxonada ikkita qavatda 24 ta kichik xonalar mavjud. Shuningdek, 1-qavatda yuvinish xonasi va hojatxona, ro‘yxatga olish peshtaxtasi va ma'lumot tablosi bo'ladi, har bir xonada esa individual bortga taklif qilish tizimi mavjud.

Xonalar bir kishilik yotoq va minimal jihozlar bilan jihozlangan kichik shinam kabina qilib qurilgan. "Mehmonxonaning mohiyati shundaki, yo‘lovchi transfer paytida aeroportdan chiqmasdan yoki tranzit zonasini tark etmasdan bu yerda bir necha soat qolishi mumkin”, — deyiladi kompaniya matbuot xizmatida.

Umumiy maydoni 240 kv.m boʻlgan mehmonxona xususiy kompaniya boshqaruviga oʻtkazildi va "Khamsa Hotel" brendi ostida faoliyat yuritadi. Mehmonxonadan foydalanish tariflari foydalanish muddati va xona klassiga qarab 30 dan 150 dollargacha bo‘ladi. 24 ta xonadan 23 tasi standart va 1 tasi lyuks xona bo‘lib, oilaviy yo‘lovchilar uchun mo‘ljallangan.

©️ Uzbekistan Airports

Address

Gyeongsan
KR

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Azcity Group posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Business

Send a message to Azcity Group:

Videos

Share

Category


Other Travel Agencies in Gyeongsan

Show All