04/02/2023
Qirol Abdulaziz nomidagi Jidda xalqaro aeroporti
Haj yoki umra ibodatini amalga oshirish uchun tashrif buyuruvchi ziyoratchilarga ko‘pincha ushbu aeroport mezbonlik qiladi. Jidda va Makkai mukarrama shaharlari orasidagi masofa 78 kilometrni tashkil qiladi.
Ushbu aeroport Saudiya Arabistonidagi uchinchi eng yirik va gavjum aeroport hisoblanadi.
Aeroportning qurilishi 1974-yilda boshlanib, 1980-yilda qurib bitkazilgan va 1981-yilning 31-may kuni rasman faoliyatini boshlagan.
2018-yilda aeroport 41-milliondan ortiq yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatgan. Boshqa xalqaro aeroportlardan farqli o‘laroq ushbu aeroportda haj va umra qiluvchi ziyoratchilar uchun zarur shart-sharoitlar hozirlangan.
Aeroportda uchta terminal mavjud. Ular: Shimoliy terminal, Haj terminali va birinchi raqamli yangi terminal.
Haj terminali hojilarga xizmat ko‘rsatish uchun qurilgan maxsus terminal hisoblanadi. Terminal bir vaqtning o‘zida 80 mingdan ortiq yo‘lovchini qabul qilish imkoniyatiga ega.
Birinchi raqamli yangi terminal 2019-yilda qurib bitkazilgan. Uning maydoni 810 ming kvadrat metr, aeroportning umumiy maydoni esa 105 kvadrat kilometrdan iborat. Aeroportning ushbu kengaytirish ishlari 2006-yildan boshlangan bo‘lib, 2019-yilda yakunlangan. Natijada aeroportning yillik sig‘imini 13 milliondan 80 millionga oshirishga erishilgan.
Xandaq travel