chdpu_turizm_kafedrasi

  • Home
  • chdpu_turizm_kafedrasi

chdpu_turizm_kafedrasi Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from chdpu_turizm_kafedrasi, Tourist Information Center, .

25/05/2024
🔴 🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟤Bugun Ijtimoiy fanlar fakulteti tashabbusi bilan O`zbekiston davlat san`at va madaniyat institutining “Sahna n...
14/02/2024

🔴 🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🟤Bugun Ijtimoiy fanlar fakulteti tashabbusi bilan O`zbekiston davlat san`at va madaniyat institutining “Sahna nutqi”, “Milliy qo`shiqchilik” va “Vokal” kafedralari hamkorligida Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag’ishlab “Nazm bo`stonining buyuk sultonlari” mavzusida teatrlashtirilgan adabiy-badiiy, ma`naviy-ma`rifiy kecha tashkil etildi.

🟤Unda o’z sohasining yetuk mutaxassislari tomonidan she’rlar, g’azallar ijro etildi. Go’yo sahnada tarixiy voqealar jonlangandek bo’ldi. Ayniqsa, professorlarning A.Navoiy hamda Z.M.Bobur haqidagi ma’ruza va ma’lumotlari talabalarda katta qiziqish uyg’otdi.

🟤Yakunda fakultet tomonidan hamkor institut vakillari bo’lgan ijodiy guruh a’zolariga tashakkurnomalar topshirildi.

🔴 AFU rasmiy sahifalari 👇
🌐Telegram🌐Facebook🌐Instagram🌐Twitter🌐YouTube🌐web-sayt

🟢 TURKIYA | 🔴🟤Xabaringiz bor, kuni kecha Alfraganus universitetining Ijtimoiy fanlar, Filologiya, Iqtisodiyot hamda Tibb...
13/02/2024

🟢 TURKIYA | 🔴

🟤Xabaringiz bor, kuni kecha Alfraganus universitetining Ijtimoiy fanlar, Filologiya, Iqtisodiyot hamda Tibbiyot fakultetining professor-o`qituvchilari hamrohligida bir guruh talabalar Turkiyaning Necmettin Erbakan, Karabuk universitetlarida amaliyot jarayonlarini tashkil etish maqsadida jo`nab ketdilar.

🟤Talabalarimiz amaliyot darslarini boshlab yubordilar. Unda eng avvalo mamlakatlar, universitetlar o`rtasidagi aloqalar haqida iliq fikrlar bildirildi. Prof. Dr. Mustafa ACAR o`zining “İktisadın Temel İlkeleri” mavzusidagi ilk ma`ruzasini o`qidi.

🟤Kunning ikkinchi yarmida Necmettin Erbakan universitetiga tashrif buyurgan talabalar rektor bilan uchrashuvda bo’ldilar. Suhbat chog`ida talabalar o`quv muassasa haqida ko`plab ma`lumotga ega bo`ldi.

🟤Ta`kidlash joiz, universitetlar o`rtasidagi kelishuvga asosan talabalarimizga ilk kundanoq mezbon talabalar biriktirilib, barcha amaliyot darslarida birga o`qib, tadbirlarda, sayrlarda birgalikda hamrohlik qilmoqdalar. Bu nafaqat ikki universitet balki ikki davlatlar o`rtasida do`stona munosabatlar va o'zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

🔴 AFU rasmiy sahifalari 👇
🌐Telegram🌐Facebook🌐Instagram🌐Twitter🌐YouTube🌐web-sayt

SIRCON2024 Uluslararası kış kampı için Alfraganus Üniversitesinden .university (Özbekistan)() gelen kardeşlerimizle Mevl...
11/02/2024

SIRCON2024 Uluslararası kış kampı için Alfraganus Üniversitesinden .university (Özbekistan)() gelen kardeşlerimizle Mevlana türbesini ziyaret ettiler.

• Ijtimoiy Fanlar fakulteti professor-o'qituvchilari uchun Scopus, Web of Science bazalariga maqola yozish bo'yicha muta...
10/02/2024

• Ijtimoiy Fanlar fakulteti professor-o'qituvchilari uchun Scopus, Web of Science bazalariga maqola yozish bo'yicha mutaxassis ishtirokida master-klass o'tkazilyapti.

• Bu master-klass har shanba kuni soat 10.00 dan 12.00 gacha bo'lgan vaqtda tashkil etiladi.

• Maqsad: Scopus, Web of Science kabi platformalarda o'qituvchilar va talabalarning maqolalarini chiqarish va bu orqali universitet reytingini ko'tarilishiga hissa qo'shish.

• Ushbu master-klassni tashkil etish Ijtimoiy Fanlar fakulteti dekani A. Muhamedov tashabbusi bilan amalga oshirilmoqda.

🔴BIR GURUH TALABALAR TURKIYAGA JO’NAB KETDI🟤Alfraganus universitetining Ijtimoiy fanlar, Filologiya, Iqtisodiyot hamda T...
10/02/2024

🔴BIR GURUH TALABALAR TURKIYAGA JO’NAB KETDI

🟤Alfraganus universitetining Ijtimoiy fanlar, Filologiya, Iqtisodiyot hamda Tibbiyot fakulteti bir guruh talabalari va professor-o`qituvchilari Turkiyaga jo`nab ketdilar.

🟤Ularni universitet rektori Muxammadismoil Maxmudov hamda Ijtimoiy fanlar fakulteti dekani Asror Muhamedovlar kuzatdi.

🟤Safardan maqsad talabalarning amaliyot jarayonlarini tashkil etish hamda Alfraganus universiteti bilan Turkiyaning Necmettin Erbakan, Karabuk universitetlari o`rtasida imzolangan kelishuvga asosan professor-o’qituvchilar malaka almashinuvini tashkil etishdir.

🟤Turkiyada ular 20 kun davomida malaka oshirib, o`quv dasturi bilan yaqindan tanishib qaytadilar.

🔴 AFU rasmiy sahifalari 👇
🌐Telegram🌐Facebook🌐Instagram🌐Twitter🌐YouTube🌐web-sayt

🔴 DOLZARB MAVZULAR MUHOKAMASI🟤Ijtimoiy fanlar fakultetining 5 - Kengash yig’ilishi bo’lib o’tdi. Unda universitetning o’...
02/02/2024

🔴 DOLZARB MAVZULAR MUHOKAMASI

🟤Ijtimoiy fanlar fakultetining 5 - Kengash yig’ilishi bo’lib o’tdi. Unda universitetning o’quv - uslubiy boshqarma boshlig’i K.Sobirov ishtirok etdi.

🟤Kun tartibidan fakultet faoliyatiga oid ilmiy, o’quv-uslubiy, tashkiliy, ma’naviy-ma’rifiy yo’nalishlardagi dolzarb vazifalar o’rin oldi. Yig’ilish yakunida esa xalqaro maqolalar muallifi bo’lgan, taniqli mutaxassislar tomonidan ilmiy maqola yozish bo’yicha (scopus uchun) master - klass o’tkazildi.

🔴 AFU rasmiy sahifalari 👇
🌐Telegram🌐Facebook🌐Instagram🌐Twitter🌐YouTube🌐web-sayt

🔴 G’OLIBLAR ANIQLANDI🟤Ijtimoiy fanlar fakulteti tashabbusi bilan o’tkazilgan “Rektorga taklif” loyihasi bo`yicha natijal...
14/01/2024

🔴 G’OLIBLAR ANIQLANDI

🟤Ijtimoiy fanlar fakulteti tashabbusi bilan o’tkazilgan “Rektorga taklif” loyihasi bo`yicha natijalar e’lon qilindi.

🟤Ishchi guruh xulosasi:
1 – o`rin — Filologiya fakulteti, Xitoy tili o`qituvchisi Mahliyo Choriyeva;
2 – o`rin — Pedagogika fakulteti, Boshlang'ich ta'lim yo`nalishi, 1-kurs talabasi Nazokat Xudoyberganova;
3 – o`rin — Filologiya fakulteti xotin-qizlar yetakchisi Dilbar Aliyeva

🔴 TABRIKLAYMIZ!

P/s:. G’olib bo’lganlar 15-yanvar (dushanba) soat 11:00da matbuot bo’limiga uchrab, o’z sovg’alarini olib ketishlari so’raladi.

🔴 AFU rasmiy sahifalari 👇
🌐Telegram🌐Facebook🌐Instagram🌐Twitter🌐YouTube🌐web-sayt

🟤13-yanvar kuni "Ijtimoiy fanlar" fakultetida navbatdan tashqari yig'ilish bo'lib o'tdi.🟤Yig'ilish tanqidiy-tahliliy ruh...
14/01/2024

🟤13-yanvar kuni "Ijtimoiy fanlar" fakultetida navbatdan tashqari yig'ilish bo'lib o'tdi.

🟤Yig'ilish tanqidiy-tahliliy ruhda o’tkazildi. Unda asosan, talabalar davomati, ijro intizomi, o’quv-uslubiy hamda ilmiy masalalar ko'rib chiqildi.

🟤Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun oxirgi muddat 15-fevral etib belgilandi.
https://t.me/alfraganusuniversity

  Vatan - jondir. Uni asramoq - farzandning vijdoniy burchi. Erman degan har yurak - himoyaga shay turmog’i kerak. Vatan...
14/01/2024



Vatan - jondir. Uni asramoq - farzandning vijdoniy burchi.

Erman degan har yurak - himoyaga shay turmog’i kerak.

Vatan-g’ururdir, Vatan - ordir! G’ururi va orini asrolmagan yigit ko’ksini kerishga zinhor va zinhor haqli emas!

Vatan himoyasi - oiladan boshlanadi. Bugun oilasini himoya qilayotgan har bir o’g’lonning bayrami, barcha er-yigitlarning kuni.

Vatanni himoya qilishdek sharafli vazifani kasb qilgan fidoyilar bayramingiz muborak bo’lsin!

Hurmat bilan, Alfraganus universiteti rektori M.M.Maxmudov

🔴 AFU rasmiy sahifalari 👇
🌐Telegram🌐Facebook🌐Instagram🌐Twitter🌐YouTube🌐web-sayt

🔴 KUTUBXONA XAZINASI BOYIDI🟠 Alfraganus universiteti Axborot resurs markazi fondi 100dan ortiq yangi kitoblar bilan boyi...
05/01/2024

🔴 KUTUBXONA XAZINASI BOYIDI

🟠 Alfraganus universiteti Axborot resurs markazi fondi 100dan ortiq yangi kitoblar bilan boyidi.

🟠 Ijtimoiy fanlar fakulteti dekani Muhammedov Asror Asadovich tomonidan 100 dan ortiq kitoblar sovg’a tariqasida universitet kutubxonasiga topshirildi.

P/s:. Bu aksiyani boshqalar ham davom ettirsa nur ustiga al’o nur bo’lar edi🥰

Bugun fakultetlararo bo'lib o'tgan futbol musobaqasi bo'yicha "Talabalar ligasi" final bosqichida Ijtimoiy Fanlar fakult...
14/12/2023

Bugun fakultetlararo bo'lib o'tgan futbol musobaqasi bo'yicha "Talabalar ligasi" final bosqichida Ijtimoiy Fanlar fakulteti futbol jamoasi 2-o'rinni qo'lga kiritdi.

Jamoa a'zolarini tabriklaymiz 👏

Uluslararası turizm grubu Corendon Touristic'in yetkilileri, teorik ve uygulamalı olarak düzenlenen "Mesleğimizin Turizm...
13/12/2023

Uluslararası turizm grubu Corendon Touristic'in yetkilileri, teorik ve uygulamalı olarak düzenlenen "Mesleğimizin Turizmi" semineri kapsamında Safranbolu Karabük Üniversitesi Turizm Fakültesi öğrencileri ve Özbekistanın .university öğrencileriyle bir araya geldi.

🔴 ALFRAGANUS UNIVERSITETI O’ZBEKISTONDAGI BARCHA OLIY TA’LIM MUASSASALARI ORASIDA BIRINCHI BO’LIB EQAS SERTIFIKATINI QO’...
09/12/2023

🔴 ALFRAGANUS UNIVERSITETI O’ZBEKISTONDAGI BARCHA OLIY TA’LIM MUASSASALARI ORASIDA BIRINCHI BO’LIB EQAS SERTIFIKATINI QO’LGA KIRITDI.

Bu degani, ushbu sertifikat universitetimiz uchun butun dunyodan abituriyentlarni o’z talabalari safiga qabul qilish va xalqaro maydonda top reytingdan o’rin oladigan oliygohlar qatoriga qo’shilish imkoniyatini yaratadi.

P/s:. EQAS akkreditatsiyasi shunchaki tasdiqlash muhri emas, balki ta'lim muassasalarini ta’limda yuksaklikka yetaklaydi. EQAS akkreditatsiyasi o‘quv dasturlarini loyihalashdan tortib, talabalarni qo‘llab-quvvatlash, o‘qituvchilar malakasi va o‘quv muhitigacha, EQAS standartlari asosida mukammallikka erishish uchun yo‘l xaritasini taqdim etadi.

ALFRAGANUS UNIVERSITY OILASINI TABRIKLAYMIZ!!!
university

🔴OLIY MAJLIS QONUNCHILIK PALATASIGA SAYOHAT🟤Bugun Konstitutsiyamizning 31-yilligi oldidan universitetimiz talabalari Alf...
01/12/2023

🔴OLIY MAJLIS QONUNCHILIK PALATASIGA SAYOHAT

🟤Bugun Konstitutsiyamizning 31-yilligi oldidan universitetimiz talabalari Alfraganus universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti, tarix fani o’qituvchisi Madiyor Turdiyev boshchiligida Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga sayohat qildilar.

🟤Talabalarimiz Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari bilan uchrashib, qonun chiqarish jarayonlari, deputatlar faoliyati, ikki palatali parlamentimizdagi o’ziga hos jihatlarni o’rganib, yaqindan tanishdilar.

🟤Uchrashuv va sayohat davomida talabalarimiz o’zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar.

🥇Telegram🥈Facebook🥉Instagram🏅Twitter💚YouTube

 #КашфАмерика қитъасини илк марта Христофор Колумб эмас, мусулмон араб кашф қилган     Денгизчи Хашхаш ибн Саид ибн Асва...
30/11/2023

#Кашф

Америка қитъасини илк марта Христофор Колумб эмас, мусулмон араб кашф қилган

Денгизчи Хашхаш ибн Саид ибн Асвад Андалуснинг Қуртуба шаҳрида туғилган мусулмон араб бўлган ва денгиз адмирали унвонида бўлган. Бу ҳақда араб тарихчиси Абулҳасан ал-Масъудий ўзининг "Муружуз заҳаб" асарида ёзиб қолдирган.
У 889 йили (ҳозирги Испаниядаги) Уэлва шаҳридан Атлантика океани орқали сузиб кетиб, олдин кашф этилмаган янги оролни кашф қилади ва Колумб топгани каби қимматбаҳо хазиналар топиб ортга қайтади.

Унинг тарихини ал Бакрий ва ал Ҳимярийлар ҳам келтиришган. Шарқшунос олим Крачковский: "Хашхашнинг кема саёҳати ҳижрий III- асрнинг ўрталарида бошланган ва бу милодий IX- асрларга тўғри келади" деб мулоҳаза қилади.

Turkiyaning Najmiddin Erbakan universiteti professori Birol Merjan Ijtimoiy Fanlar fakultetiga tashrif buyurdi va fakult...
30/11/2023

Turkiyaning Najmiddin Erbakan universiteti professori Birol Merjan Ijtimoiy Fanlar fakultetiga tashrif buyurdi va fakultet vakillari bilan o'zaro ilmiy hamkorlik bo'yicha kelishib olindi.

 Joriy yil 20–25-noyabr kunlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentlig...
30/11/2023



Joriy yil 20–25-noyabr kunlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi va Belgiya Ta’lim kengashi bilan hamkorlikda Brussel shahrida "Oliy ta’limda tijoratlashtirish hamda universitetlarda tadbirkorlik muhitini yaratishning Yevropa tajribasi" mavzusida seminar o’tkazildi.

Unda respublikamizning 30 dan ortiq oliy ta’lim muassasasi rektor, prorektor va mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Seminarning birinchi kunida ilmiy tadqiqot loyihalarini moliyalashtirish, texnologik muammolarga innovatsion yechimlar, fan va texnologiya doirasida hamkorlik mavzulari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi. Xalqaro ekspert Aleksiya Verkruis (Belgiya) tomonidan Yevropa Ittifoqi universitetlarining o‘zaro hamkorlikda xalqaro loyihalarni amalga oshirishning afzalliklari bo‘yicha ma’ruzasi tinglandi.

Ushbu xalqaro seminarda Ijtimoiy fanlar fakulteti Xalqaro munosabatlar va Tarix kafedrasi mudiri Z.Qosimova ham ishtirok etdi.

🔴DEKAN KUBOGI UCHUN FUTBOL🟤Alfraganus universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti dekani tashabbusi bilan fakultetning barcha...
30/11/2023

🔴DEKAN KUBOGI UCHUN FUTBOL

🟤Alfraganus universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti dekani tashabbusi bilan fakultetning barcha yo’nalish talabalari o’rtasida sportning futbol turi bo’yicha dekan kubogi uchun musobaqa tashkil etildi.

Natijalar:
1-o’rin Xalqaro munosabatlar yo’nalishi jamoasi
2-o’rin Milliy g’oya va ma’naviyat asoslari yo’nalishi jamoasi
3-o’rin Tarix yo’nalishi jamoasi

🏆 TABRIKLAYMIZ

🥇Telegram🥈Facebook🥉Instagram🏅Twitter💚YouTube

🔴YUTUQ🟤O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo'shinlarida o'tkazilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlardagi doimiy faoll...
30/11/2023

🔴YUTUQ

🟤O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo'shinlarida o'tkazilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlardagi doimiy faolligi uchun Alfraganus universiteti, Ijtimoiy fanlar fakulteti, tarix fani o`qituvchisi Madiyor Turdiyev vazirlik tomonidan taqdirlandi.

🥇Telegram🥈Facebook🥉Instagram🏅Twitter💚YouTube

"Агарда мен Темурнинг даврида яшаганимда, унингчалик буюк ишлар қила олардимми йўқми билмадим. Аммо Темур менинг давримд...
09/04/2023

"Агарда мен Темурнинг даврида яшаганимда, унингчалик буюк ишлар қила олардимми йўқми билмадим. Аммо Темур менинг давримда туғилганида, менданда буюк ишлар қилар эди!"

Мустафо Камол Отатурк

Бугун йирик давлат арбоби, буюк саркарда, кучли, марказлашган давлат асосчиси, илм-фан ва маданият ҳомийси Соҳибқирон Амир Темурнинг 687 йиллиги нишонланмоқда.

Address


Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when chdpu_turizm_kafedrasi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Shortcuts

  • Address
  • Alerts
  • Claim ownership or report listing
  • Want your business to be the top-listed Travel Agency?

Share