FollowMe

FollowMe Life and education in Finland. Finlandiya hayoti va talim tizimi.

Litseyda ota-onalar majlisi. Sendvich, choy, qahvadan tashqari yana kop malumot olinganga o'xshadi.
14/09/2024

Litseyda ota-onalar majlisi. Sendvich, choy, qahvadan tashqari yana kop malumot olinganga o'xshadi.

Juma kuni Jyväskyla shahrida Yoshlar Marafoni boshlandi. Jyväskylä maktablarida 2011 va 2013 yillarda tug'ilgan ko'plab ...
13/09/2024

Juma kuni Jyväskyla shahrida Yoshlar Marafoni boshlandi. Jyväskylä maktablarida 2011 va 2013 yillarda tug'ilgan ko'plab o'quvchilar ishtirok edi.

Yomg'irli havo va namlanish ham ularni bezovta qilmadi.

– Yugurganim yaxshi bo‘ldi, – deya izoh berdi Keljonkangas maktabidagi beshinchi sinf o‘quvchisi.

Rasim: Timo Blackpond

Finlandiya talim tizimiga ko'ra bog'cha bollari k***a 3 soat tozza havoda o'tqazishi shart, havo qanday bo'lishidan qat'...
12/09/2024

Finlandiya talim tizimiga ko'ra bog'cha bollari k***a 3 soat tozza havoda o'tqazishi shart, havo qanday bo'lishidan qat'i nazar. Bu 3 soatdi mundarijasini esa bosh muallim(a) muayyan qiladi. Bosh muallim(a) universitetda shu kasbdi bitirgan bo'lishi shart.

Qadriyatlarimiz!!!
06/09/2024

Qadriyatlarimiz!!!

Seminarda ötirgan edim bugun, notinch bir xabar keldi telefonga. Xabarda aytilishicha bog'cha va maktabimizdi eshiklari ...
29/08/2024

Seminarda ötirgan edim bugun, notinch bir xabar keldi telefonga. Xabarda aytilishicha bog'cha va maktabimizdi eshiklari yopilgan hafsizlik sababi bilan. Bolalaringiz ushlanib turiladi xolatga aniqlik kiritilguncha deb. Xavotir beruvchi xolat edi, birinchi martta yuz berayotgan edi bunday voqea. Maktab talimida, eng baxtli jamiyat reytinglarida birinchi o'rinlardi olishi mumkun, lekin bu falokat yoki bezorilikga uradigan hichbir inson chiqmaydi bu jamiatdan degani emas albatta. Bu xabardi ildizida, politsiyaga kelgan malumot. Unga ko'ra, qo'lida to'pponcha (qurol) ko'ringan bir bola maktabga yaqin joyda harakatlanyatgani. Endi davlat, xalq, va maktab bunga qanday etibor/yondashuv ko'rsatdi?

Bu bola ko'rilgan joydi nechi km atrofida hafsizlik kuchlari, maxsus itlar, tepada vertalyot, va politsiya qurshadi. Hamma ishini bajarmoqda profesyanallik bilan.

Ayni vaqtda xodisaga yaqin bo'lgan maktablarga talimot ketgan maktab va bog'chalar yopilsin tashqi qisimdan kirish xolati uchun. Malimlar sinifda bolalar bilan qulflanadi ichdan. Finlandiyada maktab oynalari shundaysigaham ochilmaydi, va birinchi qavvatdagi oynalar asosan sindirilaolmaydigan qilib ishlangan, hafsizlik uchun. Ayniqsa yangi, oxirgi yillarda qurilgan maktablarda.
Undan tashqari, bolalar o'tgan yili favqulotda xolat bo'lsa nima qilishi keragligi haqida talimi va amaliyotini o'tgan, ishonasizmi, 2 sinif bolalari!

Ayni vaqtda ota-onalarga raqamli maktab sistemasidan xabar ketgan xolat bilan bog'liq. Shular qatorida ommaviy axborot elon qilyabdi nima bo'lyatganini daqiqasi-daqiqasiga (jurnalist kirgizmanglar degan gap yoq).

Manabuni men, extimol bo'lgan havfga qarshi birdamlikda va sistematik bir xolatda mutaxasisona, hamma o'z ishini va javobgarligini bilgan xolatsa kurashish deb atagan bo'lardim. Xabar noxush bo'lsaham, unga bo'lgan reaksiya yoki yondashuv juda yahshi tasurot qoldirdi menda bugun.

Bolalar dunyoni xarbir tarafida tinch bo'lishsin. Bu tinchlik tizimini barpo etish esa biz, yani xalq va davlatdi bo'ynida.



Suratlar dan olingan.

Imkon bor faqat istag kerag buyerda xolos.Jyväskylä Universiteti eski kutubxonasi.
27/08/2024

Imkon bor faqat istag kerag buyerda xolos.
Jyväskylä Universiteti eski kutubxonasi.

Fin parklari dunyodagi eng yaxshi qaralgan parklardan biridir!  💚 Buni yaqinda e'lon qilingan "GreenFlagAwars" mukofoti ...
19/08/2024

Fin parklari dunyodagi eng yaxshi qaralgan parklardan biridir! 💚 Buni yaqinda e'lon qilingan "GreenFlagAwars" mukofoti reytingi tasdiqladi, unda parklar va yashil hududlar obodonlashtirish, tozalik va foydalanish imkoniyati darajasiga qarab baholanadi. Bu yil Finlyandiyaning 21 bog'i mukofotga sazovor bo'ldi, ulardan uchtasi butunlay yangi ob'ektlardir.

FINlandiyani IB sistemasida 3 pog'ona bor. O'tgan yili pre-IB da edim yakunladim. Bu yil esa IB1 daman. IB2 ni tugataols...
15/08/2024

FINlandiyani IB sistemasida 3 pog'ona bor. O'tgan yili pre-IB da edim yakunladim. Bu yil esa IB1 daman. IB2 ni tugataolsam boshim osmonlarga yetadi. Undan tashqari qo'shimcha Fin tili darslari bor, chunki Fin tilisiz yakuniy imtixonlarham chigallashadi...🥲☺️

3 yillik IB (International Bachelorette)'ni 2 yiliham boshlandi (Bizdi maktab tizimiga olganda 11 sinif). Avgustda boshl...
12/08/2024

3 yillik IB (International Bachelorette)'ni 2 yiliham boshlandi (Bizdi maktab tizimiga olganda 11 sinif). Avgustda boshlanishi yahshi, chunki o'quv yili davomida ko'proq tatil bo'ladi.

Yoz kelishi bilan Giloslas gulladi. Xayrli juma!
07/06/2024

Yoz kelishi bilan Giloslas gulladi.

Xayrli juma!

Finlar bu turdagi yog‘och qurulmani "laavu" deb atashadi.🌲🏕 Laavu odatda xalq uchun ko'p o'rmon ichlari va  Finlyandiya ...
10/01/2024

Finlar bu turdagi yog‘och qurulmani "laavu" deb atashadi.🌲🏕 Laavu odatda xalq uchun ko'p o'rmon ichlari va Finlyandiya milliy bog‘laridagi yo‘llar bo‘ylab joylashgan bo‘lib, sayohatchilar gazak yeyishlari va boshqa sayohatchilar bilan suhbatlashishlari mumkin bo‘lgan to‘xtash joyi bo‘lib xizmat qiladi. Tekin yana bo'masam.

Dunyodagi eng mashxur tabiat hodisalaridan biri bu ajoyib raqsga tushadigan shimoliy yog'dudir dep bilaman.  Jonli rangl...
27/11/2023

Dunyodagi eng mashxur tabiat hodisalaridan biri bu ajoyib raqsga tushadigan shimoliy yog'dudir dep bilaman. Jonli ranglar tungi osmonni porlatib yoritadi, tabiiy go'zallikni namoyish etadi. Eng keng tarqalgan soyalar, pushti va och yashil rangga ega, ammo qizil ko'k ranglar ham bo'lishi mumkin.
Va bilarmidingiz turli balandliklarda shimoliy yog'du turli rangga ega bo'ladi, kislorodning qizil porlashi 150-400 km balandlikda, azot va kislorodning yashil yoki sariq-yashil rangdagi kombinatsiyasi 120-150 km balandlikda, azotning binafsha-ko'k porlashi. 120 km dan past balandlikda bo'ladi.
Bu shimoliy yog'duni ko'rish uchun omadli bo'lish kerak diyishadi😅
Akam birinchi kegan 4-5 yilda juda shimoliy yog'du ko'rishni istab yarim kechalari sovuq xavoda shimoliy yog'du ko'rish uchun chiqib amo xich ko'rolmagan ekan. Albatta kiginchalik ko'p marotaba ko'rgan juda yaqindan, qizig'i men 1 chi yil kelganimda o'tkan yili akam bilan birga kechasi ko'rgani chiqanimizda menga ko'rish nasib qilgandi.🥹 Akam xabarlardan o'qib bilgan ekanki usha kun kechasi shimoliy yog'du boladi va menga soat 00-dan kigin taklif qilgandi ko'rishni istaysanmi dep albatta menxam rad qilmay -26° da chiqib ko'rgani borib maqsadimizga etib kegandik. Bunday ajoib, go'zal narsani o'z ko'zingiz bilan ko'rishingiz kerak chunki shunchaki gap bilan tushuntiraolmayman ☺️

#северноесияние #снег #холод #мороз #ночь #весело

O'rtacha fin qanday yashaydi, qancha pul oladi, yashash uchun etarlimi yoki yo'qmi, qancha pul sarflaydi. 👨‍✈️Porvoo pol...
26/06/2023

O'rtacha fin qanday yashaydi, qancha pul oladi, yashash uchun etarlimi yoki yo'qmi, qancha pul sarflaydi.

👨‍✈️Porvoo politsiyachisi, 49 yoshda, maoshi 3500 evro.

🇫🇮 Statistikaga ko'ra, Finlyandiyada erkaklarning o'rtacha ish haqi atigi ~ 3600 evro
Shunday qilib, soliqlardan keyin 2800 evro qoladi.

💶 Ipoteka 1000 €
💶 Kommunal to'lovlar 500 €
💶Oziq-ovqat va ovqatlanish 600 €
💶 Avtomobil sug'urtasi 100 €
💶 Benzin 100€
💶 Kiyim va zarur narsalar 200 evro
💶 Pensiya jamg'armasi 100 €
💶 Umumiy xarajatlar 2600 €

🤡 Yana 150 000 € ipoteka qarzi qolgan.
🤡 "Yomon kun uchun" 2000€
🤡 Pensiya jamg'armasi 20 000 €

🤷‍♂️ Sizningcha, bunday hayot qanday?
🤷‍♂️ Juda munosib daraja yoki bu kunlarda etarli emasmi?

🇫🇮



(C) boshqa tarmoqdan köchirilgan malumot.

Ruokolahtidagi muvozanatli tosh😍    🇫🇮
19/06/2023

Ruokolahtidagi muvozanatli tosh😍

🇫🇮

Kuzatuv tizimi bilan jihozlanganurgʻochi lochin Finlyandiyaga Janubiy Afrikadan uchib keldi. U atigi 42 kun ichida, 10 0...
14/06/2023

Kuzatuv tizimi bilan jihozlangan
urgʻochi lochin Finlyandiyaga Janubiy Afrikadan uchib keldi. U atigi 42 kun ichida, 10 000 km dan ortiq masofani uchib o'tdi, kuniga o'rtacha 230 km va deyarli tekis chiziqda. Oxirgi 42 kun ichida siz nimani uddaladiz?

Finlandiyani yozi, vatandi tog' havosiday.
28/05/2023

Finlandiyani yozi, vatandi tog' havosiday.

Finlandiyada yashashdi yaxshi tarafi nimada?Eng katta musbat tarafi balkim bu eng taraqqi qilgan davlatlar orasida bölga...
27/05/2023

Finlandiyada yashashdi yaxshi tarafi nimada?

Eng katta musbat tarafi balkim bu eng taraqqi qilgan davlatlar orasida bölganiga qaramay, tabiat va sog'lom hayotini yo'qotmagani bo'lsa kerag. Inson qancha ilg'orlamasin, tabiatga yaqin bo'loshdi xoxlaydi. Shu sababdan bu juda katta bir yutuq!
Bu rasimlad juda yaqinimizdagi shaxar olma bog'i (xalq uchun) va ko'limizdi atrofida olindi.


'

🍽 "Tovoq qoidasi" haqida esh*tganmisiz? Finlyandiyada har bir kishi maktabda sog'lom "tovoq qoidasi" haqida bilib oladi:...
25/05/2023

🍽 "Tovoq qoidasi" haqida esh*tganmisiz?

Finlyandiyada har bir kishi maktabda sog'lom "tovoq qoidasi" haqida bilib oladi: yarmi sabzavot, to'rtdan biri uglevodlar, ikkinchisi esa oqsillar. Formulani eslab qolish oson, u miqdorni aniqlashga va oziq-ovqat chiqindilarini kamaytirishga yordam beradi.

Address


Telephone

+37122131303

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when FollowMe posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Business

Send a message to FollowMe:

Videos

Shortcuts

  • Address
  • Telephone
  • Alerts
  • Contact The Business
  • Videos
  • Claim ownership or report listing
  • Want your business to be the top-listed Travel Agency?

Share