vodiy_aeroport

vodiy_aeroport � Biz Bilan Parvoz Qiling�

🇺🇿“Yorqin payshanba” doirasida chegirmalarni sovg’a qilishda davom etamiz! Faqat 2023-yil 2-noyabr kuni Uzbekistan Airwa...
01/11/2023

🇺🇿“Yorqin payshanba” doirasida chegirmalarni sovg’a qilishda davom etamiz!

Faqat 2023-yil 2-noyabr kuni Uzbekistan Airways Toshkentdan Milan, Parij hamda Pekin parvozlari uchun tarif narxidan 20% chegirma e’lon qiladi.

Aksiya bir kun davomida, soat 00:00 dan 23:59 gacha mavjud va e’lon qilingan jadval tugaguniga qadar yuqorida ko‘rsatilgan barcha reyslar uchun amal qiladi.

🇷🇺Продолжаем дарить скидки в рамках акции «Яркий Четверг»!

Только один день, 2 ноября 2023 года, Uzbekistan Airways объявляет 20% скидку от стоимости тарифов на рейсы из Ташкента в Милан, Париж, Пекин и обратно.

Акция действует в течение одного дня, с 00:00 до 23:59, и применяется ко всем упомянутым выше рейсам до конца опубликованного расписания. 

🌍Biz Bilan Parvoz Qiling✈️

Toshkent – Madina yo'nalishida parvozni amalga oshirayotgan samolyot uchish aeroportiga qaytdi“Panorama Airways” aviakom...
27/10/2023

Toshkent – Madina yo'nalishida parvozni amalga oshirayotgan samolyot uchish aeroportiga qaytdi

“Panorama Airways” aviakompaniyasining Toshkent –   Madina yo‘nalishi bo‘yicha UZP-361 reysini amalga oshirayotgan samolyot parvozdan ikki soat o‘tib Toshkent aeroportiga qaytib keldi.

Mahalliy vaqt bilan soat 13:37 da bortida 377 yo‘lovchisi bo‘lgan samolyot Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ndi. Texnik sabablarga ko'ra uchish aeroportiga qaytish haqidagi qaror ekipaj tomonidan qabul qilingan.

🌍Biz Bilan Parvoz Qiling✈️

🏆O‘zbekistondagi qishloq Britaniya gazetasi talqiniga ko‘ra dunyoning eng go‘zal top-10 qishloqlari qatoriga kirdi.Nurot...
27/10/2023

🏆O‘zbekistondagi qishloq Britaniya gazetasi talqiniga ko‘ra dunyoning eng go‘zal top-10 qishloqlari qatoriga kirdi.

Nurota tog‘lari va Qizilqum cho‘li oralig‘ida joylashgan Sentob “Eng yaxshi sayyohlik qishloqlari 2023” tanloviga ariza topshirgan 260 ta joylar o‘rtasida raqobatlashdi.

🎯Ular ushbu mezonlar — madaniy va tabiiy meros, infratuzilma, aholi salomatligi va xavfsizligi, shuningdek, ijtimoiy va ekologik barqarorlik bo‘yicha baholandi.

Maqola mualliflari sayyohlarga Nurota-Qizilqum qoʻriqxonasi, ziyoratgohlar, sharsharalarni ko’rishni, pazandachilik sinflarida qatnashishni, mevali bogʻlarda sayr qilishni tavsiya qildar🤤

🤔U yerga qanday borish mumkin?
Avval Navoiyga boramiz, keyin mashinada Sentobga haydaymiz.

🚅 Mana chiptalar:

15.11 Buxoro-Navoiy (Afrosiyob) 98 387 so‘m

16.11 Toshkent-Navoiy (Afrosiyob) 218 ​​303 so‘m

16.11 Samarqand-Navoiy (Afrosiyob) 117 076 so‘m

🌍Biz Bilan Parvoz Qiling✈️

🇺🇿Sizni Urganch shahridagi ochiq muloqotga taklif qilamiz! Uzbekistan Airways faoliyatiga oid savollaringiz bormi? 31-ok...
27/10/2023

🇺🇿Sizni Urganch shahridagi ochiq muloqotga taklif qilamiz!

Uzbekistan Airways faoliyatiga oid savollaringiz bormi? 31-oktabr kuni Xorazm viloyati Urganch shahrida aviakompaniya vakillaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob olishingiz mumkin bo‘ladi.

Sayyor qabulda ishtirok etishni xohlovchilar Xorazm viloyati SSP hududiy boshqarmasiga kelishlarini so‘raymiz. Manzil: Urganch shahri, Al-Xorazmiy ko‘chasi, 23-uy, soat 11:00 da.

🌍Biz Bilan Parvoz Qiling✈️

🇹🇷🇷🇺✈️ 28 Oktyabr Shanba kuni FARG'ONA dan amalga oshiriladigan qatnovlar:✈️ Vnukovodan - Farg'onaga (04:10)            ...
27/10/2023

🇹🇷🇷🇺✈️ 28 Oktyabr Shanba kuni FARG'ONA dan amalga oshiriladigan qatnovlar:

✈️ Vnukovodan - Farg'onaga (04:10)     
      Farg'onadan - Vnukovoga (05:10)      
Fokker 100, Azimuth Airlines , A4 9197/9198

✈️ Qozondan - Farg'onaga (05:55)  
      Farg'onadan - Istanbulga (08:50)  
Airbus320neo, Uzbekistan Airways, HY 652/277

✈️ Vnukovodan - Farg'onaga (15:05)  
      Farg'onadan - Vnukovoga (16:35)  
Airbus320N, Uzbekistan Express, HY9628/9627

✈️ Istanbuldan - Farg'onaga (20:45)  
      Farg'onadan - Toshkentga (21:45)  
Airbus320neo, Uzbekistan Airways, HY 278/082

☝️ ma'lumotlar mahalliy vaqt bilan ko'rsatilgan. 
☝️yaqinlaringizni xabardor qilishni unutmang!

Manba: Farg'ona aeroport
👉

😊Yoqimli Parvoz Tilaymiz!✈️

🇪🇸Madridda tashrif buyurishga joylar: sayohatdan oldin bilishingiz kerak bo'lgan hamma narsa👇😍Qayerda chiroyli sayr qils...
25/10/2023

🇪🇸Madridda tashrif buyurishga joylar: sayohatdan oldin bilishingiz kerak bo'lgan hamma narsa👇

😍Qayerda chiroyli sayr qilsa bo’ladi?

🔸Mashhur Cibeles maydoni
🔸Buen-Retiro sayilgohi
🔸Gran-Via ko'chasi
🔸Qirollik majmuasi
🔸Avliyo Frensis bazilikasi
🔸San Miguel bozori

😋Mazali taomlar qayerda?

🐠 El Cantabrico (dengiz mahsulotlari)
🍽 Bibo Dani Garcia restorani
🍔 Goiko Grill (ko'cha taomlari)
🌿 honest greens kafesi
🍹 Riu Plaza Espana (Madridning go'zal manzarasiga qarab kokteyl ichishga)

🤔Mahalliy aholi nimani tavsiya qiladi?

🔸El Rastro suvenirlar bozori
🔸Berlin jazz-kafesi
🔸Callao maydoni
🔸Atocha bekatidagi tropik bog'
🔸Chiroyli insta-suratlar uchun metropolis binosi📸

Eslatib o’tamiz, oldinroq biz Toshkent-Madrid yo’nalishida parvozlar yo’lga qo’yilganligi haqida habar bergan edik!

🌍Biz Bilan Parvoz Qiling✈️
vodiy_aeroport Aviasales

🇺🇿Kuzgi ma’yuslikdan qutuling, axir ertaga “Yorqin Payshanba"!     26-oktyabr kuni Uzbekistan Airways “Yorqin payshanba”...
25/10/2023

🇺🇿Kuzgi ma’yuslikdan qutuling, axir ertaga “Yorqin Payshanba"!

26-oktyabr kuni Uzbekistan Airways “Yorqin payshanba” aksiyasi doirasida Toshkentdan Moskvaga va ortga qaytuvchi, Toshkent, Buxoro, Samarqand, Urganch, Farg’onadan Istanbulga va ortga qaytuvchi, Namangandan Omsk, Ufa va ortga qaytuvchi yo‘nalishlarning parvozlar jadvali tugagunga qadar aviachiptalar tariflari narxiga 20% chegirma e’lon qiladi. Aviachiptalarni chegirma bilan sotib olishga shoshiling va qishki sayohatingizni rejalashtirishni boshlang!

Chegirma faqat bir kun, 26-oktyabr soat 00:00 dan 23:59 gacha amal qiladi va yuqoridagi barcha reyslarga taalluqlidir!

🌍Biz Bilan Parvoz Qiling✈️
vodiy_aeroport

🇹🇷🇺🇿✈️ 25 OCTYABR  Chorshanba  kuni FARG'ONA  orqali amalga oshiriladigan qatnovlar:   ✈️ Qozondan - Farg'onaga (05:55) ...
25/10/2023

🇹🇷🇺🇿✈️ 25 OCTYABR Chorshanba kuni FARG'ONA orqali amalga oshiriladigan qatnovlar:

✈️ Qozondan - Farg'onaga (05:55)
Farg'onadan - Istanbulga (08:50)
Airbus 320neo, Uzbekistan Airways, HY 652/277

✈️ Farg'onadan - So'xga (08:00)
So'xdan - Farg'onaga (10:00)
AN-2, Humo Air, UZB 9414/9415

✈️ Istanbuldan - Farg'onaga (20:50)
Farg'onadan - Toshkentga (21:50)
Airbus 320neo, Uzbekistan Airways, HY 278/082

☝️ ma'lumotlar mahalliy vaqt bilan ko'rsatilgan.
☝️yaqinlaringizni xabardor qilishni unutmang!

Manba: Farg'ona aeroport
👉

😊Yoqimli Parvoz Tilaymiz!✈️

24/10/2023

🤗Vodiyda duv-duv gap!

Qatar Airways 2024-yil mart oyidan boshlab Toshkent-Doha-Toshkent yoʻnalishida parvozlarni yoʻlga qoʻyadi.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda Centrum Air Toshkentdan Dohaga haftada bir marta — dushanba kunlari parvoz qiladi.

—————

Авиакомпания Qatar Airways запустит рейсы Ташкент-Доха-Ташкент в марте 2024 года.

Напоминаем, что на данный момент Centrum Air совершает полёты из Ташкента в Доху раз в неделю — по понедельникам.

🌍Biz Bilan Parvoz Qiling✈️
vodiy_aeroport Aeroport Tashkent Дешевые авиабилеты по всему миру Tashkent International Airport (TIA) Uzbekistan Airways VODIY AXBOROTI

✈️ Biz qulay sayohat qanchalik muhimligini tushunamiz, shuning uchun QANOT SHARQ aviakompaniyasi reyslarida yo‘lovchilar...
24/10/2023

✈️ Biz qulay sayohat qanchalik muhimligini tushunamiz, shuning uchun QANOT SHARQ aviakompaniyasi reyslarida yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida o‘rindiq tanlash xizmatini mavjud.

Siz o'zingiz va siz bilan birga sayohat qilayotganlar uchun qulayroq joy tanlashingiz mumkin.

❕Sizga kerak bo'lgan joyni bron qilish va to'lov parvozdan kamida 24 soat oldin amalga oshiriladi.

🌍Biz Bilan Parvoz Qiling✈️
Aeroport Tashkent Дешевые авиабилеты по всему миру Tashkent International Airport (TIA) Uzbekistan Airways vodiy_aeroport VODIY AXBOROTI Авиакомпания "Qanot Sharq"

Samarqanddan Izmirga to'g'ridan-to'g'ri reyslar 13 noyabrdan qo’yiladi😍Sunexpress reyslarni haftasiga uch marta — dushan...
24/10/2023

Samarqanddan Izmirga to'g'ridan-to'g'ri reyslar 13 noyabrdan qo’yiladi😍

Sunexpress reyslarni haftasiga uch marta — dushanba, payshanba va shanba kunlari amalga oshiradi.

✈️Chiptalar arzon! Endi sizda Turkiyaga uchmaslik uchun hech qanday sabab yo'q:

13.11 Samarqand-Izmir 1 355 845 so‘m
24.11 Izmir-Samarqand 1 355 845 so‘m
13.11-26.11 Samarqand-Izmir-Samarqand 2 699 282 so‘m

🌍Biz Bilan Parvoz Qiling✈️

Turkiyaning "Sunexpress" kompaniyasi Izmirdan Samarqandga parvozlarni yo‘lga qo'ymoqdaTurkiyaning "Sunexpress" aviakompa...
24/10/2023

Turkiyaning "Sunexpress" kompaniyasi Izmirdan Samarqandga parvozlarni yo‘lga qo'ymoqda

Turkiyaning "Sunexpress" aviakompaniyasi Izmir – Samarqand – Izmir yo‘nalishi bo‘yicha muntazam yo‘lovchi qatnovlarini yo‘lga qo‘yadi.

Shaharlar oʻrtasida parvozlar 2023-yilning 12-noyabrida boshlanishi rejalashtirilgan. Parvozlar haftasiga uch marta dushanba, payshanba va shanba kunlari muntazam ravishda Boeing 737 tipidagi samolyotlarda amalga oshiriladi.

"Sunexpress" aviakompaniyasi Antaliyada (Turkiya) joylashgan bo'lib, Turkiya va Yevropa bo'ylab muntazam va charter asosida yo'lovchi reyslarini amalga oshiradi.

🌍Biz Bilan Parvoz Qiling✈️

🇪🇸 ✈️AAA ISPANIYAGA TO’G’RIDAN-TO’G’RI PARVOZLAR!!!2024-yil 9-martdan Qanot Sharq Toshkentdan Madridga parvozlarni boshl...
24/10/2023

🇪🇸 ✈️AAA ISPANIYAGA TO’G’RIDAN-TO’G’RI PARVOZLAR!!!
2024-yil 9-martdan Qanot Sharq Toshkentdan Madridga parvozlarni boshlaydi.

Parvozlar haftasiga bir marta — shanba kunlari amalga oshiriladi.

💙Chiptalarni xarid qilishni boshlang:

09.03.2024 Toshkent-Madrid 4 487 415 soʻm

16.03.2024 Madrid-Toshkent 4 468 046 so'm

16.03.2024-23.03.2024 Toshkent-Madrid-Toshkent 8 990 326 so'm

😊Yoqimli Parvoz Tilaymiz!✈️

🇺🇿Toshkentdan Nyu-Yorkka va ortga qaytuvchi reyslarga 20% chegirma! Bu ajoyib shaharni nafaqat orzularingizda, balki o‘z...
24/10/2023

🇺🇿Toshkentdan Nyu-Yorkka va ortga qaytuvchi reyslarga 20% chegirma!

Bu ajoyib shaharni nafaqat orzularingizda, balki o‘z ko‘zlaringiz bilan ko‘rish vaqti keldi! Uzbekistan Airways 2024-yilning 21-yanvaridan boshlab 2024-yilning 29-fevraliga qadar Toshkentdan Nyu-Yorkka va ortga amalga oshiriladigan aviaqatnovlar aviachiptalariga 20% chegirma taqdim etadi. 

Chegirmali aviachiptalarni joriy yilning 30-noyabriga qadar aviakompaniya agentlaridan xarid qilishingiz mumkin!

🌍Biz Bilan Parvoz Qiling✈️

🇺🇿Jakartaga uchib ketayotgan yo‘lovchilar uchun muhim ma’lumot!  Indoneziyaga kirish uchun bojxona deklaratsiyasini onla...
24/10/2023

🇺🇿Jakartaga uchib ketayotgan yo‘lovchilar uchun muhim ma’lumot!

Indoneziyaga kirish uchun bojxona deklaratsiyasini onlayn tarzda to‘ldirish lozim. Buni mamlakatga yetib borishdan oldin ecd.beacukai.go.id veb-saytida bajarishingizni tavsiya qilamiz. Deklaratsiya ingliz tilida to‘ldirilishi kerak. Ma’lumotlarni to‘ldirgandan so‘ng, siz QR kodga ega bo‘lasiz va uni Jakarta aeroportida bojxona xodimlariga ko‘rsatishingiz kerak bo‘ladi.

"Red Wings" aviakompaniyasi Samarqand va Qozonni to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘laydiRossiyaning "Red Wings" aviak...
23/10/2023

"Red Wings" aviakompaniyasi Samarqand va Qozonni to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘laydi

Rossiyaning "Red Wings" aviakompaniyasi Qozon – Samarqand – Qozon yoʻnalishi boʻyicha muntazam yoʻlovchi qatnovlarini yoʻlga qoʻymoqda.

2023-yil 30-oktabrdan shaharlar o‘rtasida parvozlar boshlanishi rejalashtirilgan. Parvozlar haftada bir marta dushanba kunlari SU95 tipidagi samolyotlarda muntazam ravishda amalga oshiriladi.

"RedWings" - Domodedovo aeroportida joylashgan Rossiya aviakompaniyasi bo'lib, muntazam va charter yo'lovchi tashishga ixtisoslashgan. Bugungi k***a aviatashuvchi O‘zbekistonning beshta shahridan Rossiya Federatsiyasining beshta shahriga parvozlarni amalga oshirmoqda.

23/10/2023

🇺🇿Pxuketni kashf etamiz!

Uzbekistan Airways “yer yuzidagi jannat” deb nomlanuvchi orol – Pxuketga muntazam reyslarni amalga oshirishni boshlaydi. 1-dekabrdan seshanba va juma kunlari tropik kurortga sayohat qilishingiz mumkin.

Aviachiptalarni hoziroq xarid qiling. Oppoq plyajlari va tiniq suvlari bo‘lgan orol allaqachon sizni kutmoqda!


🇹🇷🇷🇺✈️ 24 OCTYABR Seshanba  kuni FARG'ONA dan amalga oshiriladigan qatnovlar:✈️ Toshkentdan - Farg'onaga (07:40)        ...
23/10/2023

🇹🇷🇷🇺✈️ 24 OCTYABR Seshanba kuni FARG'ONA dan amalga oshiriladigan qatnovlar:

✈️ Toshkentdan - Farg'onaga (07:40)
Farg'onadan - Dubayga (08:40)
Airbus321, Uzbekistan Airways, HY 081/339

✈️ Istanbuldan - Farg'onaga (14:00)
Farg'onadan - Istanbulga (15:20)
Airbus321, Turkish Airlines, TK 260/261

✈️ Vnukovodan - Farg'onaga (15:05)
Farg'onadan - Vnukovoga (16:35)
Airbus320N, Uzbekistan Express, HY9628/9627

✈️ Dubaydan - Farg'onaga (17:40)
Farg'onadan - Qozonga (21:20)
Airbus320, Uzbekistan Airways, HY 340/651

✈️ St. Peterburgdan - Farg'onaga (18:25)
Farg'onadan - Toshkentga (20:20)
Airbus321, Uzbekistan Airways, HY 636/084

✈️ Bakudan - Farg'onaga (22:25)
Farg'onadan - Bakuga (23:45)
Airbus A320, Azerbaijan Airlines, J2-5085/5086

☝️ ma'lumotlar mahalliy vaqt bilan ko'rsatilgan.
☝️yaqinlaringizni xabardor qilishni unutmang!

Manba: Farg'ona aeroport
👉

😊Yoqimli Parvoz Tilaymiz!✈️

🇷🇺🇦🇪🇦🇿🇹🇷🇨🇮🇨🇵🇩🇪🇮🇳🇰🇬🇰🇷🇸🇦🇺🇸 🛫 AVIA_BILETLAR: 🚝 POYEZD_BILETLAR: ✅ DEPORTLARNI_TEKSHIRISH: ✅ YANGILIKLAR: ✅ MA'LUMOTLAR: 🌐 TELEGRAM: 👨🏻‍💻 BOSH_ADMIN: +998(95)808-97-15 🌍Yoqimli Parvoz ...

  ✈️
22/10/2023

✈️

22/10/2023

18/10/2023
🇰🇬Qirg'iziston chet elliklar uchun vizarunni bekor qildi❗️O‘zbekiston fuqarolari Qirg‘izistonda 60 kungacha vizasiz qoli...
18/10/2023

🇰🇬Qirg'iziston chet elliklar uchun vizarunni bekor qildi

❗️O‘zbekiston fuqarolari Qirg‘izistonda 60 kungacha vizasiz qolishlari mumkin.

Endi Qirg‘izistonga 60 kungacha bo‘lgan muddatga kirganda, mamlakatga ikkinchi marta kirish chiqqandan keyin 60 k***an keyin mumkin bo’ladi.
“60/120” tamoyili bo'yicha muddatlarni hisoblash 60 kunlik vizasiz rejim bilan sayohat qiluvchi fuqarolarga nisbatan qo'llaniladi.

29.10 Toshkent-Bishkek 1 106 543 so‘m
06.11 Bishkek-Toshkent 1 215 626 so‘m
12.11-19.11 Toshkent-Bishkek-Toshkent 2 180 011 soʻm

🇹🇷Shuningdek, siz O’shdan Istanbulga arzonga uchishingiz mumkin:
03.11 O’sh-Istanbul 1 671 774 so‘m
17.11-23.11 O’sh-Istanbul-O’sh 3 550 846 soʻm

😊Yoqimli Parvoz Tilaymiz!✈️

Address

Navro'z Ko'chasi 22-uy
Fergana
151303

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when vodiy_aeroport posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Business

Send a message to vodiy_aeroport:

Videos

Share

Category


Other Travel Agencies in Fergana

Show All