O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali

O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universiteti Jizzax filiali

13/01/2025




14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” bayrami munosabati bilan Oʻzbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali “Qalqon” guruhi a’zolari barcha yurt qahramonlari hamda Vatan himoyasi, yurt ravnaqi uchun birdek javobgar mard, mehnatsevar, jasoratli, shijoatli, ziyoli, adolatli va oilaparvar har bir yurtdoshlarimizni, professor oʻqituvchilarimizni hamda talaba yoshlarni qutlaydi.

▫️Bizni kuzatib boring !!
| Telegram | Instagram | Facebook| You tube | Jbnuu.uz |

13/01/2025



👮‍♀️14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan filialimizning barcha o'g'lonlarini Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali Xotin-qizlar jamoasi nomidan muborakbot etamiz !!

▫️Bizni kuzatib boring !!
| Telegram | Instagram | Facebook| You tube | Jbnuu.uz |

    Ayni vaqtda Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida ''Yakuniy nazorat'' (test, yozma,og'zaki) mashg'ulotlar...
13/01/2025



Ayni vaqtda Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida ''Yakuniy nazorat'' (test, yozma,og'zaki) mashg'ulotlari boshlandi.

▫️Bizni kuzatib boring !!
| Telegram | Instagram | Facebook| You tube | Jbnuu.uz |

 Bugun Jizzax shahrida 14-yanvar ''Vatan himoyachilari'' kuni munosabati bilan Harbiy parad bo‘lib o‘tdi Yurish Sharof R...
13/01/2025



Bugun Jizzax shahrida 14-yanvar ''Vatan himoyachilari'' kuni munosabati bilan Harbiy parad bo‘lib o‘tdi

Yurish Sharof Rashidov ko‘chasi bo‘ylab Jizzax shahar davlat xizmatlari markazidan boshlanib viloyat Mustaqillik maydonigacha davom etdi.

Ushbu tadbirlarda Oʻzbekiston Milliy universitetining Jizzax filialining talaba-yoshlari ham faol ishtirok etdi.

▫️Bizni kuzatib boring !!
| Telegram | Instagram | Facebook| You tube | Jbnuu.uz |

 📚Bugun Mirzo Ulug'bek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetining Jizzax filialining ''Iqtisodiyot va turizm'' kafedra...
13/01/2025



📚Bugun Mirzo Ulug'bek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetining Jizzax filialining ''Iqtisodiyot va turizm'' kafedrasi tomonidan kafedra kunlari doirasida Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar uchun ''Zakovat'' intellektual o'yini tashkil etildi.

▫️Bizni kuzatib boring !!
| Telegram | Instagram | Facebook| You tube | Jbnuu.uz |

 ▫️Oʻzbekiston Milliy universitetining Jizzax filialida Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi hamda Yosh...
13/01/2025



▫️Oʻzbekiston Milliy universitetining Jizzax filialida Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi hamda Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti hamkorligida talaba yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida an'anaviy tarzda tashkil etiladigan "ZUKKO KITOBXON" tanlovining navbatdagi tur bellashuvlari tashkil etildi.

▫️Ushbu turda Paulo Koeloning “Alkimyogar” romani bo'yicha ochiq va yopiq test sinovlari orqali kitobxonlarning bilimlari sinovdan o'tkazildi.

▫️Bizni kuzatib boring !!
| Telegram | Instagram | Facebook| You tube | Jbnuu.uz |

 🪕 Oʻzbekiston Milliy universitetining Jizzax filialida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazi...
13/01/2025



🪕 Oʻzbekiston Milliy universitetining Jizzax filialida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2024-yil 19-noyabrdagi 45-son qo‘shma qaroriga asosan “Milliy musiqa cholg‘ulari” ansambllari tashkil etilib faoliyati yo'lga qo'yildi.

🪕 “Milliy musiqa cholg‘ulari” ansambli a'zolari shakllantirilib ular uchun zaruriy cholg'u asboblari bilan ta'minlab berildi.

▫️Bizni kuzatib boring !!
| Telegram | Instagram | Facebook| You tube | Jbnuu.uz |

 ▫️Bugun Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida ''Rahbar va Yoshlar" tashkil etildi.👉 Batafsil ma'lumot olish ...
13/01/2025



▫️Bugun Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida ''Rahbar va Yoshlar" tashkil etildi.

👉 Batafsil ma'lumot olish

▫️Bizni kuzatib boring !!
| Telegram | Instagram | Facebook| You tube | Jbnuu.uz |

 Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tashabbusi bilan Payshanba "P...
13/01/2025



Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tashabbusi bilan Payshanba "Profilaktika kuni" munosabati bilan "Qalqon" jamoatchilik guruhi aʼzolari ishtirokida profilaktik tadbir tashkil etildi.

Ushbu profilaktik tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi oʻrinbosari A.Baboyev, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Jizzax viloyat kengashi Harbiy bo'lim boshlig'i podpolkovnik R.Achilov hamda filial profilaktika inspektori B.Radjabov hamda boshqa mutasaddi xodimlar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida filial hududida va talabalar turar joyida jamoatchilik nazorati, yoshlar orasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishga bag'ishlangan tushuntirish ishlari olib borildi.

▫️Bizni kuzatib boring !!
| Telegram | Instagram | Facebook| You tube | Jbnuu.uz |

 📚Bugun O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida “Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri...
13/01/2025



📚Bugun O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida “Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” mavzusida tadbir bo'lib o'tdi.

▫️Bizni kuzatib boring !!
| Telegram | Instagram | Facebook| You tube | Jbnuu.uz |

 💐 Bugun Jizzax viloyati “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan ayollar internat uyida yangi yil bayrami munosabati bilan tadbir...
13/01/2025



💐 Bugun Jizzax viloyati “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan ayollar internat uyida yangi yil bayrami munosabati bilan tadbir bo'lib o'tdi.

📚 Ma’sullar bilan birgalikda “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan ayollar internat uyida dastlab yig'ilgan mehmonlar uchun sahna ko'rinishlari, quvnoq raqslar namoyish etildi.

📚 Tadbirning ikkinchi qismida shifo maskanidagi vasiylikka olingan ayollar tomonidan qo'l mehnati yordamida tayyorlangan zebu-ziynatlar, taqinchoqlar va yangi yil sovg'alari ko'rgazmasi bo'lib o'tdi.

▫️Bizni kuzatib boring !!
| Telegram | Instagram | Facebook| You tube | Jbnuu.uz |

Jizzax shahar yoshlari uchun o‘zgacha konsert dasturi tashkil etildi.⚡️ “Yoshlar Forumi 2024” doirasida “Jizzax shahar y...
13/01/2025

Jizzax shahar yoshlari uchun o‘zgacha konsert dasturi tashkil etildi.

⚡️ “Yoshlar Forumi 2024” doirasida “Jizzax shahar yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida gala konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

⚡️Dastur davomida joriy yil mobaynida samarali faoliyat olib borgan oliy ta’lim muassasasidagi boshlang‘ich tashkilot yetakchilari munosib taqdirlandi.

⚡️Eʼtiborlisi Jizzax viloyatidagi oliy taʼlim muassasalaridagi yoshlar yetakchilari orasida Oʻzbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali yoshlar yetakchisi "Yil yetakchisi" deya eʼtirof etildi.

▫️Bizni kuzatib boring !!
| Telegram | Instagram | Facebook| You tube | Jbnuu.uz |

 📚 Bugun O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filialida Viloyatda diniy, ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog'lomlashtiri...
24/12/2024



📚 Bugun O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filialida Viloyatda diniy, ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog'lomlashtirish hamda radikallashuvning oldini olish, fuqarolarda turli yod g'oyalarga qarshi immunitetini yanada mustahkamlash maqsadida filialning professor-o'qituvchilari hamda talabalarga viloyat hokimining oʻrinbosari L.Axmadjonov boshchiligida tashrif buyurgan ishchi guruh tomonidan davra suhbati tashkil etildi.

▫️Bizni kuzatib boring !!
| Telegram | Instagram | Facebook| You tube | Jbnuu.uz |

 🎄 Yangi yil shukuhi🎄O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filialining Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoli...
24/12/2024



🎄 Yangi yil shukuhi

🎄O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filialining Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi va iqtidorli talabalar tomonidan tashkil etigan "Gullar va suvenirlar yasash" to'garagi talabalari bilan hamkorlikda Yangi yil bayrami munosabati bilan filial professor-o'qituvchilari, xodimlar hamda talaba yoshlar uchun bayram tuhfalari ulashildi.

▫️Bizni kuzatib boring !!
| Telegram | Instagram | Facebook| You tube | Jbnuu.uz |

 📚 “Ma’rifat ulashib” karvoni Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filialiga tashrif buyurishdi.👉🏻 Batafsil ma'lumot o...
24/12/2024



📚 “Ma’rifat ulashib” karvoni Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filialiga tashrif buyurishdi.

👉🏻 Batafsil ma'lumot olish

▫️Bizni kuzatib boring !!
| Telegram | Instagram | Facebook| You tube | Jbnuu.uz |

 Oʻzbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti "Qalqon" jamoatchilik guruh...
24/12/2024



Oʻzbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti "Qalqon" jamoatchilik guruhi a'zolari tomonidan "Pirotexnika – umr zavoli" shoiri ostida profilaktik tadbir tashkil etildi.

Ushbu tadbir davomida pirotexnika vositalaridan foydalanmaslik, hududda o'tkir tig'li vositalarni olib yurish taqiqlanishi hamda odob-axloq qoidalariga qatʼiy rioya qilish kerakligi haqida kerakli tavsiyalar berildi.

🔻Pirotexnika vositalari savdosi bilan noqonuniy shug‘ullanish mamlakatimizning amaldagi qonunlari bilan ta’qiqlanadi.

▫️Bizni kuzatib boring !!
| Telegram | Instagram | Facebook| You tube | Jbnuu.uz |

   ❄️ Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali Talabalar turar joyida istiqomad qiladigan talabalar tomonidan Yang...
24/12/2024



❄️ Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali Talabalar turar joyida istiqomad qiladigan talabalar tomonidan Yangi yil bayrami munosabati bilan filial talabalari uchun konsert dasturi tashkil etildi.

☃️ Ushbu tadbirda talabalar turar joyida istiqomad qiladigan talabalardan tashkil topgan jamoalar o'zlarining sahna ko'rinishlari va quvnoq raqslari bilan talabalar uchun yodda qolarli bayram dasturini tashkil etishdi.

▫️Bizni kuzatib boring !!
| Telegram | Instagram | Facebook| You tube | Jbnuu.uz |

Address

Sharof Rashidov Ko‘chasi 256/uy
Jizzakh
130100

Telephone

+998722260170

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Videos

Share