28/02/2024
Turizm sohasida faoliyat yuritish maqsadida “Te amo travel” sayyohlik agentligini tashkil qilganimizga ham 5 yil bo’pti
Tashqi va ichki turizm faoliyati litsenziyasini olgunga qadar, ilk boshida mahalliy turizmda universitet talabalari uchun Samarqand sayohatlarini tashkillashtirgandik. Hatto 3 ta universitet talabalari uchun sayohatimiz to’liq bepul bo’lgandi)
1 yil ichida boshida ancha minusdan yaxshigina daromadga chiqdik. Ispaniyadagi xalqaro turizm ko’rgazmasida ishtirok etib yangi sayyohlik kelishuvlariga ham erishdik. Lekin endigina boshlagan biznesimiz Pandemiya kelishi bilan to’liq to’xtab qoldi…
Hozirgi k***a Te amo Travel yana asosan O’zbekiston ichidagi turizm xizmatlari, davlat tashkilotlari buyurtmalari va ta’lim ko’rgazmalari tashkillashtirish faoliyati bilan shug’ullanib kelmoqda.
Shunday ekan xizmat yoki hamkorlik takliflari bo’lsa biz tayyormiz😎